azeek / React 17 dan 18 ga o'tamiz

1 likes
0 forks
1 files
Last active 1752099022
Packagelar, ular o'rtasidagi bog'liqliklar (dependency) ni tushunish va ishlay olish. Productiondagi kod bazani minimal yiqilishlar bilan yangi versiyaga o'tkazish haqida.

Qanday qilib react 17dan 18ga update qilganim, jarayondagi muammolar va kelajakda bu ishni qilmoqchi bo'lganlarga tiplar.

Bu usullarni react kutubxonasini yangilash misolida ko'rib chiqamiz lekin berilgan maslahatlar javascript ekosistemasidagi boshqa paketlarni yangilash uchun ham foyadli bo'ladi.

Motivation: Texnologiyalar qanchalik tez yangilanib, o'zgarib borgani bilan, uzoq muddatdan beri mavjud bo'lgan proektlarga ishga kirsangiz yuqori ehtimol bilan ozgina eskiroq toolinglar yoki librarylar bilan ishlashga majbur bo'lasiz bazida. Ayniqsa JavaScriptda har oyda yangi freymwork chiqib turganda, entuziastlar ham bazida charchaydi va ko'zga ko'rinarli darajada o'zgarish bo'lmasa shunchaki yangilanishlarni ortga suradi. Ishga kirgan joyingizda sizga texnologialarni yangilash yuklatilsa bu juda yaxshi tajriba bo'ladi lekin shu bilan birga qiyinchiliklar ham keltirib chiqarishi mumkin. Yaqinda shunday updateni amalga oshirdim va internetda bu haqdia malumot men tasavvur qilgandan ancha kam ekanligini sezdim.

Nega bu mavzuda tutoriallar kam yoki yetarlicha chuqur emas?

Hammaning proektlari farq qiladi, ayniqsa anchadan beri development qilib kelinyotganlari. Shuning uchun bir proekt uchun ishlagan usul boshqasi uchun ishlamasligi yoki umuman to'gri kelmasligi mumkin. Shuni sezgan holda ko'pchilik bu mavzuda yozmaydi yoki yozsa ham npm i react@18 dan deytarli uyog'iga o'tmaydi. Ushbu postdagi strategiya va maslahatlarni nafaqat react balki deyarli barcha kutubxonalarni yangilashda ishlatishingiz mumkin. Aynan bir muammoni qanday yechishni emas o'xshash muammoar kelib chiqsa qanday yondoshishni eslab qolish uchun foydali post deb o'ylayman.

azeek / Test.md

0 likes
0 forks
1 files
Last active 1751918740

Biiig title

Smaller title

smlooll title

Newer Older