Last active 1752602063

Qanday qilib shaxsiy serverga goaccess o'rnatishni ko'rib chiqamiz

Revision 00a52f81a95de28d43f2458f9e8bbaaccac3432d

goaccess-monitoring.md Raw

Mundarija

Kirish

Goaccess instrumentini ishlatib nginx loglarini qulay va chiroyli web saxifaga eksport qilishni ko'rib chiqamiz. Bu qo'llanma sizda allqachon linux platformasidagi web server bor va unga ssh yoki boshqa yo'llar bilan kira olasiz deb taxmin qiladi. Men cloud.rudan olgan bepul serverimni ishlatdim. Unga ssh orqali kiraman.

Talablar

Bu bo'limda asosan kerakli dasturlarni yuklash/o'rnatish bilan shug'ullanamiz. Qisqa talablar quydagilardan iborat. Ularni qanday o'rnatishni bilsangiz yoki allaqachon o'rnatilgan bo'lsa tashlab o'tib ketsangiz bo'ladi.

  1. Nginx
  2. Goaccess
  3. Bonus: Shaxarlar bazasi
  4. Bonus: autentifikatsiya uchun kerakli qo'shimcha dasturlar.

Nginx

Nginx bizga goaccess dasturi yaratgan html hisobotni ochiq internetga yetkazib berish uchun kerak bo'ladi. Nginx o'rniga boshqa dasturlar ishlatsanginz ham bo'ladi masalan: apache yokida boshqa statik faylarrni uzatib bera oladigan dasturlar.

Nginx o'rnatish uchun official dokumentatsiya: Downloads nginx

apt isntall nginx

nginx to'gri o'rnatilganini tekshirish

nginx -v

quydagiga o'xshash natija berishi kerak

nginx version: nginx/1.24.0 (Ubuntu)

Goaccess

Goaccess o'rnatish uchun official dokumentatsiya: Download goaccess

apt install goaccess

goaccess to'gri o'rnatilganini tekshirish

nginx -v

quydagiga o'xshash natija berishi kerak

GoAccess - 1.8.1. For more details visit: https://goaccess.io/ Copyright (C) 2009-2023 by Gerardo Orellana

Build configure arguments: --enable-utf8 --enable-geoip=mmdb --with-openssl