Zuletzt aktiv 1752602063

Qanday qilib shaxsiy serverga goaccess o'rnatishni ko'rib chiqamiz

goaccess-monitoring.md Orginalformat

Mundarija

Kirish

Goaccess instrumentini ishlatib nginx loglarini qulay va chiroyli web saxifaga eksport qilishni ko'rib chiqamiz. Bu qo'llanma sizda allqachon linux platformasidagi web server bor va unga ssh yoki boshqa yo'llar bilan kira olasiz deb taxmin qiladi. Men cloud.rudan olgan bepul serverimni ishlatdim. Unga ssh orqali kiraman.

Talablar

Bu bo'limda asosan kerakli dasturlarni yuklash/o'rnatish bilan shug'ullanamiz. Qisqa talablar quydagilardan iborat. Ularni qanday o'rnatishni bilsangiz yoki allaqachon o'rnatilgan bo'lsa tashlab o'tib ketsangiz bo'ladi.

  1. Nginx
  2. Goaccess
  3. Bonus: Shaxarlar bazasi
  4. Bonus: autentifikatsiya uchun kerakli qo'shimcha dasturlar.

Nginx

Nginx bizga goaccess dasturi yaratgan html hisobotni ochiq internetga yetkazib berish uchun kerak bo'ladi. Nginx o'rniga boshqa dasturlar ishlatsanginz ham bo'ladi masalan: apache yokida boshqa statik faylarrni uzatib bera oladigan dasturlar.

Nginx o'rnatish uchun official dokumentatsiya: Downloads nginx

apt isntall nginx

nginx to'gri o'rnatilganini tekshirish

nginx -v

quydagiga o'xshash natija berishi kerak

nginx version: nginx/1.24.0 (Ubuntu)

Goaccess

Goaccess o'rnatish uchun official dokumentatsiya: Download goaccess

apt install goaccess

goaccess to'gri o'rnatilganini tekshirish

nginx -v

quydagiga o'xshash natija berishi kerak

GoAccess - 1.8.1.
For more details visit: https://goaccess.io/
Copyright (C) 2009-2023 by Gerardo Orellana

Build configure arguments:
  --enable-utf8
  --enable-geoip=mmdb
  --with-openssl

Bonus: Ip addresslar uchun shaxar nomlarini qo'shish

Bu bizga web interfesyda ip manzillar qaysi shaxar/davlatlardan kelayotganini ko'rish uchun kerak.

Manabu buyruq iplarni qidirish uchun kerakli bazani yuklab beradi.

mkdir geodb
cd goedb
wget https://github.com/P3TERX/GeoLite.mmdb/raw/download/GeoLite2-City.mmdb
cp GeoLite2-City.mmdb /usr/local/share/geodb.mmd

Yuklanganini tekshirish

ls

Bunday faly paydo bo'lgan bolishi kerak

GeoLite2-City.mmdb

Bonus: Hisobotni login parol bilan himoyalash

login-parol juftliklarini yaratish va faylda saqlash uchun kerak bo'ladi

apt install apache2-utils

Tugdadi

Bular o'rnatishimiz kerak bo'lgan dasturlaredi.

Sozlash

Bu bo'limda o'rnatilgan dasturlar to'gri ishlashi uchun kerakli sozlamalarni o'zgartiramiz, yaratamiz, tuzatamiz. Asosan config fayllar bilan ishlaymiz. Sizga nano yoki vim matn taxrirchilari kerak bo'ladi. Mavjud bo'lmasa o'rnatib oling.

# nano o'rnatish
apt install nano
# yoki vim. Vim bilan avvaldan tanish bo'lmasanginz ishlatish tavsiya qilmayman.
apt install ivm