Mundarija
Kirish
Goaccess instrumentini ishlatib nginx loglarini qulay va chiroyli web saxifaga eksport qilishni ko'rib chiqamiz.
Bu qo'llanma sizda allqachon linux platformasidagi web server bor va unga ssh yoki boshqa yo'llar bilan kira olasiz deb taxmin qiladi.
Men cloud.rudan olgan bepul serverimni ishlatdim.
Unga ssh orqali kiraman.
Talablar
Bu bo'limda asosan kerakli dasturlarni yuklash/o'rnatish bilan shug'ullanamiz. Qisqa talablar quydagilardan iborat. Ularni qanday o'rnatishni bilsangiz yoki allaqachon o'rnatilgan bo'lsa tashlab o'tib ketsangiz bo'ladi.
- Nginx
- Goaccess
- Bonus: Shaxarlar bazasi
- Bonus: autentifikatsiya uchun kerakli qo'shimcha dasturlar.
Nginx
Nginx bizga goaccess dasturi yaratgan html hisobotni ochiq internetga
yetkazib berish uchun kerak bo'ladi. Nginx o'rniga boshqa dasturlar
ishlatsanginz ham bo'ladi masalan: apache yokida boshqa statik faylarrni
uzatib bera oladigan dasturlar.
Nginx o'rnatish uchun official dokumentatsiya: Downloads nginx
apt isntall nginx
nginx to'gri o'rnatilganini tekshirish
nginx -v
quydagiga o'xshash natija berishi kerak
nginx version: nginx/1.24.0 (Ubuntu)
Goaccess
Goaccess o'rnatish uchun official dokumentatsiya: Download goaccess
apt install goaccess
goaccess to'gri o'rnatilganini tekshirish
nginx -v
quydagiga o'xshash natija berishi kerak
GoAccess - 1.8.1. For more details visit: https://goaccess.io/ Copyright (C) 2009-2023 by Gerardo Orellana Build configure arguments: --enable-utf8 --enable-geoip=mmdb --with-openssl
Bonus: Ip addresslar uchun shaxar nomlarini qo'shish
Bu bizga web interfesyda ip manzillar qaysi shaxar/davlatlardan kelayotganini ko'rish uchun kerak.
Manabu buyruq iplarni qidirish uchun kerakli bazani yuklab beradi.
mkdir geodb
cd goedb
wget https://github.com/P3TERX/GeoLite.mmdb/raw/download/GeoLite2-City.mmdb
cp GeoLite2-City.mmdb /usr/local/share/geodb.mmd
Yuklanganini tekshirish
ls
Bunday faly paydo bo'lgan bolishi kerak
GeoLite2-City.mmdb
Bonus: Hisobotni login parol bilan himoyalash
login-parol juftliklarini yaratish va faylda saqlash uchun kerak bo'ladi
apt install apache2-utils
Tugdadi
Bular o'rnatishimiz kerak bo'lgan dasturlaredi.
Sozlash
Bu bo'limda o'rnatilgan dasturlar to'gri ishlashi uchun kerakli sozlamalarni o'zgartiramiz, yaratamiz, tuzatamiz.
Asosan config fayllar bilan ishlaymiz.
Sizga nano yoki vim matn taxrirchilari kerak bo'ladi. Mavjud bo'lmasa o'rnatib oling.
# nano o'rnatish
apt install nano
# yoki vim. Vim bilan avvaldan tanish bo'lmasanginz ishlatish tavsiya qilmayman.
apt install ivm